Garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish shartnomasi sug'urtalangan va garovga qo'yilgan mol-mulkdan foydalanish, egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bog'liq sug'urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urtalash polisi tabiiy ofatlar va uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog'liq bo'lgan xavflarning keng doirasini o'z ichiga oladi.
Garovga qo'yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish majburiy emas va sug‘urta qilinayotgan mol-mulkning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yakka tartibda rasmiylashtiriladi.
O'zbekistonda ipoteka mulkini sug'urtalash:
Sug'urta hodisasi sodir bo'lgan taqdirda kompensatsiya to'lovlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Sug'urta hodisasi sodir bo'lganda, hodisaning barcha holatlari o'rganiladi, buning uchun zarurat tug'ilganda ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay sug'urta tovonini to'laydi.