“STANDART AND SENSITIVE RATINGS” reyting agentligi “OMAD SUG‘URTA” Aksiyadorlik Jamiyatining yuqori to‘lov qobiliyati va ishonchliligini tasdiqladi. 2023-yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha kompaniya reytingi “Barqaror” prognozi bilan milliy shkaladagi “(uz)A+” darajasidan “(uz)AA+” darajasiga ko‘tarildi.
“OMAD SUG‘URTA” AJ vakolatli organ tomonidan berilgan litsenziyaga asosan, 17 ta klass bo‘yicha keng turdagi xizmatlarni taklif etuvchi sug‘urta sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya keng tarmoq boʻlinmalariga ega, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida 15 ta hududiy filial va 33 ta sugʻurta markazlari mavjud.
Agar sizga yuqori darajadagi sug‘urta xizmatlari kerak bo‘lsa, “OMAD SUG‘URTA” AJ bilan bog‘laning.
Bizning manzil: Toshkent sh., Hamid Olimjon maydoni, 13A.
Qo'shimcha ma'lumot yoki maslahat olish uchun + 998 (55) 503-75-00 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz yoki www.omadsugurta.uz rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.