"OMAD SUG'URTA" AJ AKSIYADORLARI DIQQATIGA

 

“OMAD SUG‘URTA” AJ, Toshkent shahar, Mirzo - Ulug'bek tumani, X.Olimjon maydoni 13A-uy info@omadsugurta.uz elektron pochta manzili “OMAD SUG‘URTA” AJ aksiyadorlarini 2024-yil 23-fevral kuni soat 11-00 da “OMAD SUG‘URTA” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida xabardor qiladi:

Kompaniya ma'muriy binosi Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tumani, X.Olimjon maydoni 13A-uy.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish reglamentini tasdiqlash.

3. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

4. Jamiyat auditorining vakolat muddatini aksiyadorlarning navbatdagi hisobot-saylov umumiy yig‘ilishigacha uzaytirish.

5. Jamiyat ijro organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini aksiyadorlarning navbatdagi hisobot-saylov umumiy yig‘ilishigacha uzaytirish to‘g‘risida.

6. Jamiyatning 2023 yildagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha majburiy audit o‘tkazish, u bilan shartnoma tuzish va ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini belgilash uchun auditorlik tashkilotiga ruxsat berish.

7. Jamiyatning 2023-yil iyundan dekabrgacha bo‘lgan davrda tadbirkorlik faoliyati davomida tuzilgan quyidagi bitimlarini tasdiqlash:

7.1. “Vobkent Avtotexxizmat” MChJ ustav kapitalining 91,6 foizi miqdorida “OMAD SUG‘URTA” AJga tegishli bo‘lgan 4,1 mlrd.so‘mlik ulushini sotish bo‘yicha bitim.

7.2. «OMAD SUG'URTA» AJga tegishli «Toshkent Texnologik Qurilush» MChJ ustav kapitalidagi 26,18 foiz ulushini 5 mlrd.so'mga sotish bo'yicha bitim.

7.3. "OMAD SUG'URTA" AJga tegishli "WHITEPARTNERS" MChJ ustav kapitalining 100 foizi miqdoridagi ulushini sotish bo'yicha bitim.

8. “OMAD SUG‘URTA” AJga tegishli “OMAD-HAYOT SUG‘URTA” AJ aksiyalari paketining 14 000 000 dona qismini uchinchi tomon investoriga nominal qiymatida sotish to‘g‘risida.

Aksiyadorlar yig‘ilishida ishtirok etish reestrining yakuniy sanasi 2024-yil 19-fevral.

Yig‘ilish shaxsan o‘tkaziladi, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish jamiyat Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlangan byulletenlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Umumiy yig'ilish materiallari bilan tanishish tartibi:

Aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ko'rib chiqiladigan materiallar bilan ushbu e'lon, e'lon qilingan kundan boshlab Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tumani, X.Olimjon maydoni 13A-uy manzili bo'yicha tanishishlari mumkin. Ish kunlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan oldin soat 14:00 dan 17:00 gacha.”

(Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarda pasport, aksiyadorlar vakillarida esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun - notarial tasdiqlangan) bo‘lishi kerak, yuridik shaxslar uchun - ushbu yuridik shaxs tomonidan chiqarilgan).

 

 

"OMAD SUG'URTA" AJ                                     Kuzatuv kengashi